Mohina — Abdusaidovlar xonadonida voyaga etgan uch qizning kenjasi edi. To`ng`ich qiz Risolat Nyu-York universitetlarining birida huqushunoslik bo`yicha bakalavriatni bitirib, ayni kunlarda Ispaniyada kriminalistika sohasida faoliyat yuritmoqda. O`rtancha qiz — Kamola Vena universitetining huquqshunoslik fakulteti talabasi bo`lsa, oilaning yagona o`g`il farzandi bo`lmish Behro`z ham Avstriya gimnaziyalaridan birida ta`lim oladi. “Mohina, judayam o`qishga ishtiyoqmand qiz edi. Biror marta kompyuterda o`yin o`ynab o`tirganini ko`rmaganman. Uning bunday tinimsiz o`qishini ko`rib, “biroz dam ol, charchab qolasan” deganimdan keyingina kitobdan bosh ko`tarardi”, – deya hikoya qiladi Mohinaning otasi Yusuf Abdusaidov “Gazeta.uz” nashrigabergan intervyusida, – U Samarqand shahridagi 35-umumta`lim maktabining 9-sinfini bitirgach, Avstriyaga o`qishga borib, nemis tilida to`liq o`rta ma`lumot oldi. Keyin Evropada mashhur va nufuzli bo`lgan, ingliz tilida ta`lim beruvchi Vena MODUL universitetiga o`qishga kirdi. Bu universitet ta`lim darajasini namoyish qilish uchun a`lochi talabalarni almashtirish dasturi bo`yicha 4 talabani boshqa oliy ta`lim muassasasiga o`qishga yuborgan. Mohina ham ularning orasida bo`lib, u ta`lim olish uchun Ispaniyani tanladi, u bu erda bir semestr o`qishi lozim edi. U qisqa vaqt davomida guruhdagilar orasida o`zining bilimi, qobiliyati bilan hurmatga sazovor bo`ldi. Uni va yana ikka talaba qizni Evropa parlamentiga yuborish uchun tanlab olishgandi. Bilishimcha, talaba qizlar deputatlar bilan uchrashib, u erdagi oliy ta`lim muassasalarida bilim berish darajasini o`rganishlari, baho berishlari kerak edi”. 20 mart kuni odatdagiday Yusuf aka ijtimoiy tarmoq orqali dunyo yangiliklari bilan tanishdi. Ispaniyada sodir bo`lgan avtohalokat haqida ham o`qidi. Ammo jigargo`shasi ham aynan shu avtobusda bo`lganligi xayoliga kelmadi. U Mohinaga bir necha bor qo`ng`iroq qildi, biroq qo`ng`iroqlar javobsiz qoldi. “Uning fe`l-atvorini yaxshi bilganim uchun ko`nglimga g`ulg`ula tushdi. Hatto telefon apparati buzilib qolgan taqdirda ham, Mohina javob berish uchun imkon topardi” – deb hikoya qiladi Yusuf aka. Ispaniya polisiyasiga qo`ng`iroq qilib, tayinli javob ololmagan Yusuf aka Ispaniyaga borish uchun yo`lga otlanadi. “Hech bo`lmasa, sog`-omonligini ko`rib qaytarman”, degan xayolda shu kunning o`zida tushdan keyin Ispaniyaga uchib ketdi. Barselonaga etib kelgach, polisiya bo`limiga kirib, qizi haqida surishtirdi. Polisiyachilar halokat yuz bergan joy polisiyasi bilan bog`lanib, hech qaerga ketmaslikni, uni mashina kelib olib ketishini bildirishgach, Yusuf aka qizi falokatga yo`liqqanini his qildi. “22 mart kuni Mohinaning jasadini olib, orqaga qaytdim. Men halokatga uchragan talabalar yaqinlaridan birinchilar qatorida etib borgandim. Bu dahshatli halokatda 16 mamlakatdan kelgan talabalar halok bo`lgan va jabrlangan. Halokat yuz bergan joyga minglab odamlar, hattoki Italiya bosh vaziri ham etib keldi, chunki halok bo`lgan talabalardan 7 nafari italiyaliklar bo`lgan”, – deb suhbatni davom ettirdi Yusuf aka. “To`ng`ich qizim singlisining elektron pochtasini ochganda, u 19 mart kuni BMTga, Evropa hamkorlik va xavfsizlik tashkilotiga amaliyot o`tashni so`rab, rezyumesini yuborganligini ko`rdi. Demak, u avtobusga o`tirishdan oldin rezyume jo`natgan, Mohina yashashga, hamma narsaga ulgurishga shoshilgan. Rafiqam bilan mening hayotim ikki qismga, dahshatli halokatgacha va halokatdan keyingi davrga bo`lindi. Mohinadan tashqari uch farzandimiz, nevaralarimiz bor, ammo...” Mohinaning 35-umumta`lim maktabida birga o`qigan sinfdoshi Mehrangiz Ahrorkulova uni shunday xotirladi: “U sinfimizdagi eng tortinchoq va uyatchan qiz edi. Uning yagona maqsadi o`qish, bilim olish edi. Til o`rganishni yaxshi ko`rardi. Maktabda ingliz tilini o`rganishimizga qaramay, qo`shimcha ravishda nemis tilini o`rganish uchun 6-sinfdan beri darsdan keyin repititorga qatnardi”. Mohinaning ilmga chanqoqligiga nima sabab bo`lgani to`g`risidagi savolimizga Mehrangiz quyidagicha javob berdi: “Mohinaning bilim cho`qqilarini egallashiga buvisi va buvasi sababchi bo`lgan. Ular Mohinani nafaqat bilim olishga undashgan, balki o`zlari bu borada namuna vazifasini o`tashgan. Mohinaning buvasi matematika fanlari nomzodi Farhod Qodirovich Ahmadjonov uzoq yillar universitetda matematika fanidan saboq bergan, keyinchalik mehnat faoliyatini o`zgartirib, tadbirkorlik sohasida bir qancha yutuqlarga erishgan. Mohina buvasining ilm borasida erishgan muvaffaqiyatidan faxrlanardi, undan ilhomlanib maktabda, universitetda a`lo baholarga o`qishga harakat qildi. U har doim “Inson mustahkam bilimga ega bo`lsa, hayotda hech kimga qaram bo`lmaydi. Men hamma narsaga o`z kuchim bilan erishishni istayman...” deb takrorlardi”. Mehrangizning aytishicha, Mohina kelajak rejalari haqida faqatgina u bilan o`rtoqlashgan. U diplomatiya sohasida faoliyat yuritishni, elchi bo`lishni orzu qilgan. Mohinaning opasi Risolat marhuma singlisini shunday xotirladi: “Mohina tinimsiz o`qirdi, u BMTda, Evropa hamkorlik va xavfsizlik tashkilotida amaliyot o`tashni orzu qilardi. Shekspirning asarlarini aslida, ya`ni ingliz tilida o`qirdi. U yaqinda Paulo Koeloning “Alkimyogar” asarini o`qib tugatgandi”. Vena MODUL universiteti o`qituvchi va talabalarining hurmat-e`tiborini qozongan o`zbekistonlik talaba qiz Mohinaning xotirasiga universitet binosiga motam bayrog`i ilindi. Oilaviy albomdan olingan Mohinaning suratlari ota-onasining roziligi bilan chop etildi. Telegramda Ham bizga qo'shiling: @yangi_prikollar
Ispaniyada halok bo'lgan Mohinaning otasi: “Qizim yashashga shoshilardi” смотреть онлайн в HD 720 качестве. "Ispaniyada halok bo'lgan Mohinaning otasi: “Qizim yashashga shoshilardi”" смотреть онлайн в хорошем качестве |
|
Категория: Новости | Добавил: √★Dj™βεΓυβοRςΗαツ★√ (14.11.2024 в 19:27) | |
Просмотров: | 831 Теги: | Рейтинг: 5.0/1 |
Всего комментариев: 0 | |